Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘i uchun mutaxassis tayyorlaydi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston energetika tarmog‘i uchun mutaxassis tayyorlaydi

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahriga amaliy tashrifi doirasida xitoyning yirik elektr tarmoqlari korporatsiyasidan biri hisoblangan «State Grid» kompaniyasi raisi Sin Baoanni qabul qildi.

Uchrashuvda mazkur kompaniya ishtirokida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish va infratuzilma ob’yektlarini modernizatsiya qilish, bunda ilg‘or injiniring yechimlari va yuksak texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston energetika tarmog‘i uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, ushbu kompaniya Fortune Global 500 reytingida yuqori o‘rinlarni egallaydi. Kompaniya elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish va ularni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish borasida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda katta tajribaga ega. Aktivlari qiymati 800 milliard dollar atrofida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring