Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy o‘z hududida BBC World News faoliyatini taqiqladi

Xitoy o‘z hududida BBC World News faoliyatini taqiqladi

Foto: «Ria.ru»

Voqealarni yoritish talablarini muntazam ravishda buzganligi hamda XXR milliy manfaatlariga putur yetkazganligi uchun Xitoy hukumati mamlakatda BBC World News efirga uzatilishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Xitoy radio va televideniye bosh boshqarmasi bayonotida aytib o‘tilgan.

«Kanal chet el kanali sifatida Xitoyda translyasiya qilish talablariga javob bermagani uchun BBC World News XXR hududida o‘z faoliyatini davom ettira olmaydi», — deyiladi boshqarma bayonotida.

Ta’kidlanishicha, boshqarma kanalning yangi yilni yoritish bo‘yicha arizasini qabul qilmaydi.

Bayonot Xitoyda qamariy taqvim bo‘yicha yangi yil boshlangan juma kuniga o‘tar kechasi e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring