Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda robotlar ko‘chalarda sadaqa so‘rashni boshlashdimi?

Xitoyda robotlar ko‘chalarda sadaqa so‘rashni boshlashdimi?

foto:https://money.onliner.by/2026.06.20

Xitoyda robotlar mutlaqo kutilmagan rolda paydo bo‘lishdi: ular ko‘chalarda o‘tirib, yo‘lovchilardan pul so‘rashmoqda. Bunday «tilanchilar» tasvirlangan kadrlar Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalib, tez fursatda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, robotlar bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik shaharlarda, jumladan, Pekin, Chendu va Fuchjouda paydo bo‘lishgan. Ular tiz cho‘kib yoki cho‘kkalab, boshlarini eggan holatda o‘tirishibdi, yonlarida esa yordam so‘ralgan yozuvlar bor. Masalan: «Iltimos, elektr energiyasi uchun to‘lovimni to‘lab bering» yoki «Telefonimni quvvatlantirishga pulim yo‘q». Pul o‘tkazmalari uchun esa yoniga QR-kodlar joylashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunga turlicha munosabat bildirishmoqda. Ba’zilar texnologiyalar hatto ko‘cha tilanchiligigacha yetib borganini kinoya qilishayotgan bo‘lsa, boshqalar bu voqealarni ko‘proq sahnalashtirilgan tomosha, art-loyiha yoki reklama kampaniyasi deb hisoblashmoqda.

Gap shundaki, ko‘chalarda Unitree kompaniyasining eng ilg‘or odamsimon robot modellari, jumladan, G1 va H2 lari paydo bo‘lishi ajablanarli. Chunki bunday qurilmalar juda qimmat turadi, shu sababli ular yordamida mayda pul yig‘ish moliyaviy nuqtai nazardan, yumshoq qilib aytganda, juda g‘alati tuyuladi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu voqealar shunchaki odamlar diqqatini tortishga bo‘lgan harakat yoki robotlarning kundalik hayotimizga naqadar faol kirib borayotgani haqidagi o‘ziga xos san’atkorona ifoda (badiiy chiqish) bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring