Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarur – Prezident

Xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarur – Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda manfaatlar to‘qnashuvi, qimmat narxda tovar sotib olish yoki xizmat ko‘rsatish asosan davlat xaridlarida kuzatilayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

– Umuman, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olsa bo‘ladigan 50 dan ortiq tovar va xizmat turlari bor. Lekin birorta rahbar buni ro‘yxatdan chiqaraylik, hamma tanlov qilib olsin, narx arzon bo‘ladi, degan taklifni bildirmadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasiga parlamentning budjetga mas’ul qo‘mitalari bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridlarni 2 karra qisqartirish topshirildi. Yil yakunigacha sun’iy intellekt yordamida davlat xaridlarida qonunga zid holatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha elektron tizimni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, bu borada Ekspert komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya ilg‘or tajriba asosida davlat xaridlarida tovarlarning o‘rtacha bozor narxlari ko‘rinib turadigan elektron platforma yaratib, undagi ma’lumot yangilanib turadigan tizim qiladi.

Bunda, davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi o‘rtacha bozor narxidan ko‘pi bilan 20 foizdan oshmasligi shart. Ushbu talabni buzganlik uchun qonun bilan javobgarlik va jarimalar joriy qilinadi.

Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga olinayotgan tovarlarni ham tartibga solish vaqti kelgani ta’kidlandi. Budjet va budjetdan tashqari mablag‘ hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha talablar kuchaytirilishi belgilandi.

Yig‘ilishda xizmat transportida yurishni keskin qisqartirib, milliy avtomobil va milliy mebelga o‘tish zarurligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring