Xizmatkorga 2,7 mln dollar, villa, bir nechta mashina va mushuklar meros qoldi
Fransiyalik tadbirkor ayoli Ketrin xonim saratonga chalingach tushkunlikka tushib qoldi. U kasallik bilan kurashishga irodasi yetmadi va 59 yoshida joniga qasd qildi, ya’ni Samui orolidagi ( Tailand) villasida o‘ziga o‘q uzdi. Bu mudhish qaroridan oldin u vasiyat qoldirdi, unga ko‘ra tailandlik xizmatkori Pa Timga 2,7 million dollar, hashamatli villa va bir nechta mashinalar, mushuklar tasarrufiga o‘tishi kerak.
Pa Tim 17 yil davomida xizmat qilgan saxiy ish beruvchisini ko‘zlarida yosh bilan eslaydi. Xulosa qilishimiz mumkinki, yillar davomida uy bekasi haqiqatan ham Ketrin xonimning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter