Xodimni ishdan bo‘shatishni taqiqlovchi bir qator cheklovlar joriy etilmoqda
Joriy yilning 29-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirda qabul qilingandi.
Unga ko‘ra, endilikda quyidagi holatlarda xodimni ishdan bo‘shatish ta’qiqlanadi:
- xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lganda;
- davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilganda;
- xizmat safarida bo‘lgan davrda;
- kodeksdagi homilador ayollar va oilaviy majburiyatlarini bajarish bilan band bo‘lgan shaxslar uchun kafolatlarni nazarda tutadigan talablarini hisobga olmay ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (408 va 409-moddalar);
- ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilmagan asoslar;
- Kodeksda belgilangan mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash talabini buzish;
Shuningdek, xodim boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilgan davrda avvalgi ish joyi bo‘yicha tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter