XOQ prezidenti bo‘lish uchun yetti nomzod kurashmoqda

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tashkilot prezidentligiga nomzodlar qachon taqdimot qilishi haqida xabar berdi. Yetti nafar nomzodning nomi ma’lum, faqat rasmiy ro‘yxat 2025-yil 30-yanvarida e’lon qilinadi.
XOQ rahbarligi uchun da’vogarlar: Morinari Vatanabe, Sebastyan Kou, Faysal ibn Husayn, Kirsti Koventri, David Lapparten, Yoxan Eliash hamda Xuan Antonio (kichik) Samaranch.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti 2025-yilning 18–21-mart kunlari Gretsiyada o‘tadigan sessiya doirasida saylanadi.
Ayni paytda XOQni germaniyalik 70 yoshli Tomas Bax boshqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas