Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm aholisi uchun ichimlik suvining yangi tariflari tasdiqlandi

Xorazm aholisi uchun ichimlik suvining yangi tariflari tasdiqlandi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining 2025-yil 20-maydagi tegishli qarori bilan Xorazm viloyati aholisi uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2025-yilning 5-iyunidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi (QQSsiz):

Ichimlik suvi:

  • aholi uchun –1 m3 – 4500 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 10 400 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 10 400 so‘m;

 Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun – 1 m3 – 1 850 so‘m;
  • budjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 3 800 so‘m;
  • ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 3 800 so‘m.

Ma’lumot uchun, iste’molchilar ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov amalga oshirgan taqdirda ikki oy davomida eski tariflar bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring