Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda 82 yashar fuqaro kanalga tushib ketdi

Xorazmda 82 yashar fuqaro kanalga tushib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

7-iyul kuni Xorazm viloyati Shovot tumanidagi «Qiyot» mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga 82 yoshli fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.

Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori hodisani ko‘rib qolib, darhol qutqaruv ishlarini amalga oshiradi. Fuqaro suvdan olib chiqilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Natijada bir fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Avvalroq Qamchiq dovonida yuk mashinasi YTH uchrab, yonib ketgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring