Xorazmda ichimlik va oqova suvlar narxi ko‘tariladi
Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining 2023-yil 18-oktyabrdagi «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflarni belgilash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan viloyatda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2023-yilning 3-noyabridan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:
Ichimlik suvi:
- aholi uchun –1 m3 - 2800 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun - 1 m3 - 5700 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3 - 5 700 so‘m;
Oqova suv xizmati uchun:
- aholi uchun – 1 m3 – 1550 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun - 1 m3– 2400 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun - 1 m3– 2400 so‘m.
«O‘zsuvta’minot» korxonasi ma’lumotlaria ko‘ra, o‘tgan besh yilda Xorazm viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 52,1 foizdan 85,5 foizga yetkazildi. Joriy yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 90 foizga yetkazilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter