Xorazmda ota voyaga yetmagan bolasini ayovsiz kaltaklagan. Holat IIB nazoratida
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqaldi.
IIV Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7-yanvar kuni o‘zining otasi 1972-yilda tug‘ilgan A.X. tomonidan o‘g‘li axloqsizlikka yo‘l qo‘ygani vaji bilan yetkazilgan.
Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan hamda tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan.
Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter