Xorazmda tergov sudyasi qo‘lga olindi

Xorazmning Yangiariq tumanida sudya qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud ma’lumot berdi.
Bugun Oliy sud tashabbusi bilan huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi M. S. fuqaro O. R.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha yordam berish evaziga muqaddam olgan pullarning bir qismini arizachining talabi bilan qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Oliy sud keng jamoatchilik e’tiborini sud organlarida korrupsiyaga qarshi murosasiz va keskin kurash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilayotganiga qaratib, sud tizimini nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilayotganligini ma’lum qiladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter