Xorazmda valyutachilar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, fuqarolar A.S. va M.J.lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro F.J.ga har bir AQSh dollarini 11 230 so‘mdan sotishga kelishib, jami 6 800 AQSh dollarini 76,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan 7 000 AQSh dollari, 13,5 ming rossiya rubli va 1,6 mln so‘m ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter