Xorijda mash’uqasini qasddan o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri, Nevskiy tumani, Olgi Beggols ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasidan 32 yoshli ayol jasadi topildi. Qotillik Vobkent tumani, «Bozorjo‘yi» MFY, Chorbog‘inav qishlog‘ilik 25 yoshli erkak tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qilgan Buxoro viloyat sudi axborot xizmati rahbari Feruz Sharopovga ko‘ra, aybdor O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish), 1-qismi bilan 11 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tumani sud hujjatlarida qayd etilishicha, 25 yoshli erkak M.A. 2022 yildan buyon 2 nafar qizi bilan turmushidan ajralgan 32 yoshli ayol M.R. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, M.A. ishlash uchun Rossiya Federatsiyasining Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga ishga jo‘nab ketgan. Turmush tashvishlarini tortishda qiynalgan M.R. ham M.A.ga qo‘ng‘iroq qilib, uning yoniga jo‘nab ketayotganini bildirgan. M.A. ayolning taklifiga rozi bo‘lib, Nevskiy tumani, Sedova ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashayotganini va shu manzilga yetib kelishini so‘ragan. Ular ushbu manzilda salkam 20 kuncha birga yashashganidan so‘ng o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik chiqqa n. Ayol Moskvaga ishga jo‘nab ketishini aytib, uydan chiqib ketgan. Biroq, oradan bir necha oycha o‘tgach, u yana M.A. yashab kelayotgan ijara uyga qaytib kelgan. O‘rtalarida tez-tez tortishuv, janjal bo‘lib turgan. Ayolning o‘rinsiz rashki, M.A.ga «qishloqdagi xotining bilan ajrashasan!» deya qo‘ygan talablari erkakning tinchini buzgan.
«Ikki yildan buyon sen bilan tortishishdancharchadim. Uyda o‘tiribsan, sen uchun yashash va ish sharoitingniyam yaratib bergan bo‘lsam, oilaviy ishlarimga aralashma!»-degan erkakka qo‘shib, uning ayoli va farzandlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan.
Haqorat alamidan qizarib-bo‘zargan M.A. birgalikda yashab kelayotgan mash’uqasi M.R.ga kuch ishlatib, urib tepib yiqitgan. Ayolning og‘iz va burun, ya’ni nafas olish organlarini yostiq bilan yopib, uni qasddan o‘ldirgan. Sodir etgan jinoyatini yasharish maqsadida M.R.ning jasadini yaxlitligicha bir dona chemodanga buklagan holatda solgan. O‘zi yashab kelayotgan ijara uyga yaqin bo‘lgan Olgi Beggols ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yer to‘lasiga taxminan ikki metrchachuqurlik qazib, u chuqurlikka chemadon bilan birga M.R.ning jasadini ko‘mgan.
Ayni jasadni ko‘mib, yerto‘ladan chiqqan vaqtda M.R.ning telefonidagi «Whats up» mobil ilovasiorqali uni so‘rab yozgan yaqinlariga: “Men boshqa shaharga ketyapman, telefonim ishlamaydi, mandan xavotir olmanglar, 10 kunlarda o‘zim aloqaga chiqaman” deya sms yozib qoldirgan. Va vaqtni o‘tkazmay, onlayn tarzda O‘zbekistonga jo‘nab ketadigan samolyotga bilet olgan. Shundan so‘ngsamolyot jo‘nab ketar vaqtda erkak o‘z mash’uqasiga tegishli telefonni o‘chirib, aeroport tashqarisidagi axlat idishiga tashlab yuborgan. So‘ng samolyotga chiqib, O‘zbekistonga uchgan. Shu kuni soat 17:00 larda Buxoroga kelgan. Salkam 10 kun davomida uni biror kishi bezovta qilmagan. 11-kuni hudud profilaktika inspektori M.A.ni xizmat xonasiga chaqirgan va M.R. bilan ishqiy munosabati borligidan ayolning oilasi ham xabardorligi, uning qayerda va qanday holatda ekanligini so‘ragan. M.A. esa hech qanday yolg‘on vajlari o‘tmasligini anglab, birinchi tergov jarayonidayoq qilmishini tan olgan.
Bu borada Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirligi bilan olib borilgan tergov harakatlari davomida M.A.ning jinoyati o‘z tasdig‘ini topgan. O‘rganuv davomida M.A. ilgari ayol bilan O‘zbekistonda ham ishqiy munosabatga kirishib yurgan vaqtlarida M.R.ning nomiga 50 million miqdorida bank kredit mablag‘larini ham olgani fosh etilgan.
«To‘rt yil davomida Rossiya Federatsiyasida noqonuniy ravishda yashab kelayotgani mash’uqasining qotiligi aylangan M.A.ga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Vobkent tumani sudi hukmi bilan 11 yil qamoq jazosi qo‘llanildi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi»,-dedi Feruz Sharopov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter