Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdagi 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan

Xorijdagi 23 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan

Foto:«RBK»

Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 500 dan oshdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, xorijdagi fuqarolarimiz orasida ham ushbu kasallikka chalinish holatlari yuz bermoqda. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Avstriya (1), Armaniston (1), AQSh (10), BAA (1), Koreya Respublikasi (1), Pokiston (5), Rossiya (1), Tailand (1), Qozog‘istonda (2) bo‘lib turgan 23 nafar fuqarolarimizda ushbu kasallik aniqlangan, ulardan 3 nafari vafot etgan. Diplomatik vakolatxonalar ushbu fuqarolarimiz va ularning yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda.

TIV xorijdagi barcha fuqarolarimizdan koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy hokimiyat talablariga to‘liq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik tizimi xodimlari va mamlakatimizning xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga ish haqlarining bir qismini beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring