Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdan noqonuniy tarzda zargarlik buyumlarini olib o‘tishga urinish fosh qilindi

Xorijdan noqonuniy tarzda zargarlik buyumlarini olib o‘tishga urinish fosh qilindi

«Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona postiga 652-sonli «Beyneu-Nukus» yo‘nalishida harakatlanib kelgan yo‘lovchi poyezdining 9-vagonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan O‘zbekiston fuqarosining qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida unda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, xufyona tarzda yashirib olib o‘tishga uringan 7 turdagi 47 dona jami og‘irligi 140,5 gramm bo‘lgan oltin qimmatbaho metallidan yasalgan zargarlik buyumlari aniqlandi.

Fuqaro mazkur qimmatbaho buyumlarni hech qanday hujjatlarsiz Qozog‘istondan O‘zbekiston hududiga olib kelayotgan bo‘lgan.

«Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona postida aniqlangan navbatdagi holatda esa mansabdor shaxs hisoblanuvchi vagon kuzatuvchisining zargarlik buyumlarini o‘zi kiyib yurgan paypog‘iga yashirib olib o‘tishga uringan.

Bojxona xodimlari tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda «Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l bekatida 649-sonli «Nukus-Mang‘istau» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdining 11-sonli vagoni ko‘zdan kechirilganida, ushbu vagon kuzatuvchisi bo‘lib ketayotgan fuqaro o‘zi kiyib yurgan paypog‘iga xufiyona tarzda yashirib tegishli hujjatlari bo‘lmagan qora rangli selofan paketda jami og‘irligi 118 grammga teng bo‘lgan oltindan yasalgan zargarlik buyumlari olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan jami 7ta holatda 2187 gr qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring