Xorijlik milliarder O‘zbekistonda yana bir yirik biznesga qo‘l urmoqchi

Murari Lal Jalan
Milliarder Murari Lal Jalan O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etish va Namanganda aeroport qurish bo‘yicha hukumat vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda BusinessLine nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlariga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.
Aviakompaniya B737 Max, Airbus A330 va Boeing 787 Dreamliner kabi 25dan ortiq samolyotlardan foydalanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, milliarder Murari Lal Jalan uchun bu O‘zbekiston bilan bog‘liq birinchi loyihalar emas. Unga tegishli kompaniyalar O‘zbekistondagi Lake City, Minvera City va Namangan Square kabi qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter