Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkent viloyatidagi mahkuma ayollar holidan xabar oldi

17 avgust kuni O‘zbekiston Xotin-qizlari qo‘mitasi xodimlari Toshkent viloyati «Tadbirkor ayol» uyushmasi, mahalliy hokimlik vakillari bilan birgalikda Toshkent viloyati IIB JIEB, 1-jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollarning holidan xabar olishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ayrim sabablarga kura hayot yo‘lida adashib kolgan ayollarni jamiyatga qaytganlaridan so‘ng o‘rnatilgan qonun-qoidalarga rioya etishlarini tushuntirishdir. Shuningdek, kasb-hunarga o‘rgatish ishlarini tashkil etish orqali ularning e’tiborini ma’lum maqsadlarga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv chog‘ida ayollarga hukumatimiz tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy ximoya kilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z bordi. Ayollarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Tadbir so‘nggida ayollarni kirib kelayotgan bayramlar bilan qutlab, sovg‘alar ulashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter