Xudkush 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

11-iyun kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida xudkush uyushtirgan portlashda kamida besh kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Tolo News» telekanalining xabar qilishicha, portlash mahalliy vaqt bilan 13:00 da Dorulomon tumanidagi Shaharni tiklash va mamlakatni rivojlantirish vazirligiga kiraverishda ro‘y bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra portlash paytida vazirlik xodimlari binodan chiqayotgan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter