Xususiy tadbirkor Bektemir tumani hokimi etib tayinlandi
Bugun, 19-iyul kuni Mamadjanov Shohrux Baxtiyorovich Toshkentning Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar u Yunusobod tumanidagi «SURE STEP» xususiy korxonasi bosh direktori lavozimida ishlagan.
Mamadjanov Shohrux Baxtiyorovich 1984-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
2010-2014-yillarda «RAV EKSPRESS» ma’suliyati cheklangan jamiyati huquqshunos-maslahatchi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter