Yakkabog‘da ekobozor, G‘uzorda 10 ta 5 qavatli turar-joy quriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarini obodonlashtirishga qaratilgan hukumatning tegishli qarorlari loyihasi joylashtirildi.
Unga ko‘ra, Yakkabog‘ tuman markazidagi 15 gektar yaroqsiz suvli bog‘ maydonining 2,0 gektar qismida zamonaviy talablar asosida EKO-bozor barpo etiladi.
Shuningdek, tanlangan maydonda zamonaviy loyihalar asosida 7 dona 7 qavatli hamda 25 dona 9 qavatdan iborat ko‘p qavvatli arzon uy-joylar qurish va tuman markazida bo‘lgan zahiradagi yer maydonida (10,5 gektar) davlat-xususiy sherikchilik asosida madaniyat va istirohat bog‘i qurish, egalik qilish, ekspluatatsiya qilish va qaytarish (Build, Own, Operate, Transfer) modeli asosida xususiy tadbirkorlarga taklif etish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, G‘uzor tumanida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga va uy-joyga muhtoj yosh oilalar uchun 10 ta 5 qavatli turar-joy binolaridan iborat massiv tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, tumanidagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish orqali tabiiy gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish va mahalliy ahamiyatdagi 28,2 km yo‘llarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishi ham belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter