Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Yana bir huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu borada Prezidentning PQ-207-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi: 

  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilishga oid imtiyoz;
  • oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im.

2028-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning 80 foizi har oyning 25-sanasigacha avtomatik ravishda respublika budjetidan qaytariladi.

2025-yil 1-sentyabrdan:

  • YaTTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi;
  • Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamg‘alash bo‘yicha sayyor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida "Soliq" mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlar aylanmasiga doir huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantirilishi haqida xabar berilgan edi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring