Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana to‘rtta viloyatda bemorlar sog‘aydi

Yana to‘rtta viloyatda bemorlar sog‘aydi

Foto: SSV

Bugun shu soatlarda yana to‘rtta: Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan 7 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan esa 5 nafardan jami 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, bugun ayni paytga qadar 82 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 789 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring