Yangi bosh murabbiy qidirayotgan «MYu» rahbariyati ikki nomzodda qat’iy to‘xtadi
Jamoaga yangi bosh murabbiy qidirayotgan «MYu» rahbariyati ikki nomzodda qat’iy to‘xtadi: Erik ten Xag va Maurisio Pochettino. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Erik ten Xag — «Ayaks» (Niderlandiya), Maurisio Pochettino — «PSJ» (Fransiya) bosh murabbiyi. Ulardan biri nemis mutaxassisi Ralf Rangnikning o‘rnini egallashi mumkin.
Tez orada muzokaralar boshlanishi aytilayotgan bo‘lsa-da, yuqoridagi mutaxassislarning «Qizil Manchester»ga kelishi haqida gapirishga hali erta, chunki mavsum ayni avjida.
63 yoshli Ralf Rangnik bosh murabbiylikdan ketgani bilan, «Manchester Yunayted»da qolib, jamoadagi lavozimlardan birida ishlashi aytilyapti. U «MYu»ga 2021-yil nihoyasida «Zenit»dan o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter