Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi jahon rekordi o‘rnatildi: internet tezligi — 178 Tb/soniya!

Yangi jahon rekordi o‘rnatildi: internet tezligi — 178 Tb/soniya!

Foto: «3DNews»

Britaniyalik («Xtera») va yaponiyalik («KDDI Research») muhandislar hamkorlikda internet tezligi rekordini yangilashdi.

Yangi tezlik 178 Tb/soniyani tashkil etdi. Bu tezlik bilan «Netflix»ning jami videotekasini bir sekundda ko‘chirib olsa bo‘ladi!

Bu tezlikka signalni 16,9 TGs chastotada uzatuvchi, optik tolali kabel o‘tkazuvchanligini oshiruvchi yangi texnologiya yordamida erishilgan.

Rekord tezlikka erishish uchun ishlatilayotgan kabellar qo‘llanilgan. Faqat har 100 kilometrda yangilangan kuchaytirgichlar o‘rnatilgan.

Hozirgi kunda oddiy foydalanuvchi uchun eng yuqori tezlik 10 Gb/soniya atrofida. Bu qulaylikdan Yaponiya, AQSh va Yangi Zelandiya aholisining bir qismi foydalanyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring