Yangi tashkil etilgan tumanga yangi hokim tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimining 2020-yil 14-feraldagi qaroriga asosan, Choriyev O‘tkir Abduzoirovich Bandixon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘tkir Choriyev 1977-yilning 30-martida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
Faoliyati davomida Sherobod tumani moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari, bo‘lim mudiri, viloyat hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i, Qiziriq tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani tashkil etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter