Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil bayramida hayvon va qushlar nega stress holatiga tushishi aniqlandi

Yangi yil bayramida hayvon va qushlar nega stress holatiga tushishi aniqlandi

Avstriya va Buyuk Britaniya olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra yangi yil bayramining ajralmas qismi bo‘lgan pirotexnika, (feyerverk) mushakbozlik uy va yovvoyi hayvonlarda katta stressni keltirib chiqararkan.

Hayvonlar va qushlar baland tovushlardan juda qo‘rqishadi, chunki ularning evolyusion tarixida xavfli vaziyatlardan qochish instinkti shakllandi. Yangi yil arafasida qattiq shovqinli tovushlarning ko‘payishi esa hayvonlarning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki ular qayerga qochadi yoki yashirinadi?

Misol uchun, kulrang g‘ozlar pirotexnika ovozlari tufayli kuchli stressni boshdan kechirishlari aniqlangan. Olimlar g‘ozlarning tanasiga yurak urishi va tana haroratini qayd etuvchi uzatgichlarni joylashtirdilar.  

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qattiq va shovqinli ovozlar eshitilgan paytda g‘ozlarning yurak urishi tezlashadi va ularning tana harorati ko‘tariladi.

Mushuklar, itlar, otlar, quyonlar va boshqa uy hayvonlari ham kuchli tovushlar va chaqnashlardan qo‘rqishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring