Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kechasi tartib buzgan «Mercedes-Benz» egasi 15 sutkaga qamaldi

Yangi yil kechasi tartib buzgan «Mercedes-Benz» egasi 15 sutkaga qamaldi

Foto: YHXBB

Tartibni buzib, qoidalarni mensimagan haydovchiga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

2022-yil 31-dekabr kunidan 2023-yil 1-yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 01:00 larda Samarqand shahrining «Xo‘ja Ahror Valiy» ko‘chasida «Mercedes-Benz» rusumli, 01L700OA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan R.A. atrofdagi fuqarolar e’tiborini jalb etish maqsadida xavfli bo‘lishiga qaramasdan turli manyovrlar bilan «drift»lar bajargan. Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzganligi yetmagandek, uni tartibga chaqirishga uringan xodimlarning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmagan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar bugun, 2023-yil 3-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan o‘rganilib, fuqaro R.A.ning xatti-harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194-modda 1-qism va 195-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas