Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kechasi er-xotinning kuygan jasadi topilgandi. Bu qotillik bo‘lishi mumkin

Yangi yil kechasi er-xotinning kuygan jasadi topilgandi. Bu qotillik bo‘lishi mumkin

Namanganda Yangi yil kechasi ro‘y bergan va er-xotinning o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in qotillik bilan bog‘lanmoqda.

Joriy yil 1 yanvar kuni tongda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan va ushbu uyda yashagan 28 yashar yigit hamda uning 27 yoshli rafiqasi jasadlari kuyish alomatlari bilan topilgandi.

«Daryo» xabariga ko‘ra, shu kunning o‘zida viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlari davomida marhum o‘zining tanishidan AQShga borish uchun viza qilib berish evaziga 15 ming dollar olib, uni aldab, pullarni qaytarmaganligi ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilib, marhumning tanishi va uning turmush o‘rtog‘i ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring