Yanvar-may oylarida go‘zallik salonlari 4,9 trln so‘m ishlab topgan – statistika

2025 yilning yanvar-may oylarida shaxsiy xizmatlar hajmi 7,6 trln so‘mga teng bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga o‘sgan.
Jami ko‘rsatilgan shaxsiy xizmatlar hajmida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlarining ulushi 63,9 foizni tashkil etib, hajmi 4,9 trln so‘mga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter