Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya parlamentida NUJ bo‘yicha komissiya paydo bo‘ldi

Yaponiya parlamentida NUJ bo‘yicha komissiya paydo bo‘ldi

Illyustrativ foto

Yaponiya parlamentida noma’lum uchar jismlar (NUJ) bo‘yicha komissiya paydo bo‘ldi. Bu haqda «Kiodo» agentligi xabar berdi.

Mamlakat parlamenti qoshidagi ikki partiyali guruh NUJ va noma’lum havo hodisalari (NHH) masalalari bo‘yicha partiyalararo komissiya ta’sis etilishini hamda shu mavzuda axborot yig‘uvchi agentlikka asos solinishini tasdiqladi.

Hukumat nazarida, NHH boshqa mamlakatlarning «maxfiy quroli» bo‘lishi va Yaponiya xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

Noma’lum havo hodisalarini o‘rganuvchi maxsus organ 6-iyundan rasman ish boshlaydi. Komissiyaga rais etib sobiq mudofaa vaziri Yasukadzu Hamada, spikerlikka sobiq atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri, Yaponiya sobiq bosh vazirining o‘g‘li Sindziro Koidzumi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring