Yaponiya shimolida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

«RIA Novosti» yozishicha, Yaponiya shimolidagi Hokkaydo orolida 5,3 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
Zilzila o‘chog‘i Hokkaydoning janubida bo‘lib, 30 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Yer qimirlashi kuchi yapon yetti ballik tizimi bo‘yicha 5 ballni tashkil etgan.
Sunami xavfi yo‘q. Qurbonlar va talafotlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter