Yaponiya termasi JChni tark etishdan oldin hammayoqni tozalab, xat qoldirib ketdi
Futbol bo‘yicha Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatining Rostov-Donda o‘tgan 1/8 final o‘yinidan so‘ng kiyinish xonasini yig‘ishtirib, rus tilida tashakkur xati qoldirdi. Bu haqda «TASS» xabar qilmoqda.
Avval xabar qilganimizdek, Yaponiya va Belgiya o‘rtasidagi uchrashuv 2:3 hisobida yaponlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Ta’kidlanishicha, o‘yindan so‘ng Yaponiya terma jamoasi muxlislari «Rostov-Arena» stadionidagi o‘zlaridan qolgan chiqindilarni yig‘ishtirib ketishgan. Ulardan so‘ng jamoaning o‘zi ham kiyinish xonasini tozalab, rus tilida «Спасибо» deb yozilgan qog‘ozni qo‘yib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter