Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya Ukrainaga yordam sifatida 470 million dollar ajratadi

Yaponiya Ukrainaga yordam sifatida 470 million dollar ajratadi

Yaponiya hukumati Ukrainaga tekin yordam sifatida 470 million dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Kiyevga tashrifi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Biz Ukrainaga energetika va boshqa sohalarda yordam berish uchun 470 million dollar xayriya qilamiz», — deydi Yaponiya bosh vaziri.

Shuningdek, Tokio Kiyevga NATO jamg‘armasi orqali jihozlar uchun 30 million dollar ajratadi.

Ma’lumot o‘rnida, kecha 21 mart kuni Yaponiya bosh vaziri Kisida rasmiy tashrif bilan Kiyevga kelgan. Bu Yaponiya bosh vazirining Ukrainada urush boshlanganidan beri Ukrainaga ilk tashrifi hisoblanadi.

Joriy yilning fevral oyida Yaponiya Ukrainaga 5,5 milliard dollar yordam yuborishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring