Yaponiya ishxonalarida kulishga rasmiy tus berilmoqda
Yaponiyaning Yamagata prefekturasida salomatlikni yaxshilash uchun kuniga bir marta kulish haqida qaror chiqarildi.
Tashabbus yetakchi Liberal-demokratik partiya tomonidan ilgari surildi, deb yozdi Asahi gazetasi. Yamagata universiteti tadqiqotiga ko‘ra, tez-tez kuladigan odamlarda erta o‘lim xavfi kamayarkan.
Yangi qarorda ish beruvchilardan ish joyida quvnoq muhit yaratish so‘ralgan. Bundan tashqari, prefekturada har oyning sakkizinchi sanasi kulgi orqali salomatlikni mustahkamlash kuni, deb e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter