Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada koronavirusga qarshi samarali vosita aniqlandi va ishlatilmoqda

Yaponiyada koronavirusga qarshi samarali vosita aniqlandi va ishlatilmoqda

Foto: «Times Higher Education»

Kam miqdordagi ozon koronavirus zarralarini yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda Yaponiyadagi Fudzita tibbiyot universiteti olimlari bayonot berishdi, deb yozmoqda «Global Times».

Olimlarga ko‘ra, million(ppm)ga 0,05 dan 0,1 gacha miqdordagi ozon gazi inson salomatligi uchun zararsiz bo‘lib, virusni «o‘ldiradi». Bu usuldan kasalxonalardagi tekshiruv xonalari va kutish zallarida foydalanish mumkin deyilmoqda.

Ushbu natijaning samarali ekanini isbotlash uchun koronavirus namunasi joylangan germetik kamerada ozon generatori qo‘llanildi. Ozon ta’sirida o‘n soat davomida koronavirus zarralarining 90 foizi nobud bo‘lgan.

«Kam miqdordagi ozon bilan muntazam ishlov berish (hatto odamlar yurgan ochiq havoda ham) koronavirusning yuqishini kamaytiradi. Ayniqsa, nam havoda uning samaradorligi yuqori bo‘lishini aniqladik», — dedi yetakchi tadqiqotchi Takayuki Murata.

Ma’lumki, ozon patogen mikroorganizmlarni faolsizlantiradi. Ilk tadqiqotlar uning yuqori miqdordagi to‘plami (1—6 ppm) koronavirusga qarashi samarali, biroq inson uchun xavfli ekanini ko‘rsatgandi.

Yaqinda Jorjiya texnologiya institutida (AQSh) o‘tkazilgan tadqiqotlar ozondan xalatlar, ko‘zoynaklar va boshqa himoya vositalarini dezinfeksiyalashda foydalanish samarali ekanini ko‘rsatgandi.

Ma’lum qilinishicha, kam miqdorli ozon generatorlari Fudzita tibbiyot universitetining shifoxonasi tekshiruv xonalari va kutish zallarida o‘rnatilgan. Universitet klinik sinovlar ham o‘tkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring