Yaponiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy mintaqasida 6,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. 9 kishi jabrlandi. Bu haqida «Today» nashri xabar bermoqda.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan yarim tunda janubiy Kyusyu mintaqasi yaqinidagi Xyuga-nada dengizidagi 45 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Oita, Miyazaki, Kochi va Kumamoto shtatlarida kuchli sezilgan zilzila oqibatida Oitada 5 kishi, Miyazakida 4 kishi tan jarohati olgan.
Silkinish haqida ogohlantirish berilmagan. Zilzila magnitudasi avvaliga 6,4 deb e’lon qilingan, keyin esa 6,6 ga yangilangan. Ayrim shaharlarda elektr va suv uzilishlari kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, mintaqa bo‘ylab «Kyushu Electric Power» (Kyuden) kompaniyasi tomonidan boshqariladigan atom elektr stansiyalarida hech qanday shikastlanish aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter