Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyadagi transport halokatidan so‘ng 18 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yaponiyadagi transport halokatidan so‘ng 18 kishi shifoxonaga yotqizildi

Foto:«TASS»

Yaponiyaning janubidagi Okinava viloyati Uruma shahrida maktab o‘quvchilari avtobusi va mikroavtobusning to‘qnashishi oqibatida 18 kishi shifoxonaga yotqizildi.  Bu haqda mahalliy yong‘inga qarshi kurash xizmatiga asoslanib «TASS» xabar bermoqda.

Jabrlanganlar orasida kichik va yuqori sinf o‘quvchilari va avtobus haydovchilari ham bor. Mikroavtobus haydovchisi hamon hushsiz holatda ekani ma’lum qilingan.

Mazkur ish yuzasidan politsiya tekshiruv olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring