Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yaqin bir oyda Kobul hukumati qulashi mumkin» — Afg‘oniston bo‘yicha xavotir bildirildi

«Yaqin bir oyda Kobul hukumati qulashi mumkin» — Afg‘oniston bo‘yicha xavotir bildirildi

Vashington «Tolibon» vakillari yaqin orada Kobulni egallashi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalarga asoslanib ma’lum qildi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon Afg‘oniston poytaxti yaqin 30-90 kun ichida «Tolibon» tomonidan bosib olinishidan xavotirga tushmoqda.

Ayni paytdagi vaziyat AQSh maxsus xizmatlari poytaxtni ishg‘ol qilish uchun yarim yil kerak, deya taxmin qilganidan «ancha yomon».

«Hamma narsa noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda»,— deya xulosa qilgan manba.

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» va AQSh vakillari o‘rtasida 2020-yilda tinchlik shartnomasi imzolangandi. Unga ko‘ra, AQSh harbiylari sentyabrga qadar mamlakatni butunlay tark etadi. 

1-maydan boshlab qo‘shinlarni respublikadan olib chiqa boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat yanada og‘irlashdi.

Avvalroq, Tolibonlar AQShning Afg‘onistonda yangi hukumat tuzish taklifini qabul qilishdan bosh tortgani haqida xabar qilingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring