Yaqin soatlar ichida yurtimizda koronavirusga chalinish va o‘lim holatlari qayd etildi

2020-yil 6-oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 343 (+146) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 96 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 164, Toshkent viloyatida 92, Andijon viloyatida 12, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10, Qashqadaryo viloyatida 10, Farg‘ona viloyatida 8, Surxondaryo viloyatida 6, Navoiy viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 56 058 (+307) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 796 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter