Yarim final va final janglari uchun chiptalar narxi qancha?

Boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final va final janglari uchun chiptalar sotuvi boshlandi.
Iticket onlayn platformasida Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati bahslarining yarim final va final janglari uchun chiptalar sotuvi boshlandi.
Unga ko‘ra, 12 may kuni bo‘ladigan yarim final janglari uchun chiptalar 39 ming so‘mdan 260 ming so‘mgacha, 13 va 14 may kunlari bo‘ladigan final janglari uchun 45 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, janglar «Humo» arenasida bo‘lib o‘tmoqda.
Avvalroq vakillarimizning yarim finaldagi raqiblari nomi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter