Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobodda joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobodda joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun soat 19:31da Yashnobod tumanidagi Aviasozlar 3-tor ko‘chasida joylashgan ovqatlanish shoxobchalaridan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 19:37da yetib borib, yong‘inni soat 20:07 da to‘liq bartaraf etgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Ofat natijasida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni zararlangan bo‘lib, ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan, tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring