Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaxtalar bozori cho‘kmoqda

Yaxtalar bozori cho‘kmoqda

Illyustrativ foto

Rossiyalik milliarderlarga sanksiyalar qo‘llanilishi ortidan jahonda yaxtalarga talab tushib ketdi, deb yozmoqda «Business Insider».

2021-yilda boylarga sotilgan yaxtalar jahon rekordini o‘rnatgandi.

Jahon yaxtalar bozorida rossiyalik xaridorlarning o‘rni uncha kattamas: bozorning — 10 foizi, yangi kemalar savdolarining — 18 foizi.

Sohaga bundan ham kattaroq ta’sir ko‘rsatgan omil — buzilgan imij: yaxtalar boylarga atalgan o‘yinchoq sifatida ko‘rilmoqda, ularga «o‘xshab qolmaslik uchun» yaxtaga pul yig‘ib yurganlar niyatlaridan aynishyapti.

Kamiga butlovchi qismlar va yonilg‘i narxlari osmonga bo‘y cho‘zishdan to‘xtagan emas. Ekspertlarga ko‘ra, ayrim yaxtalar ustiga 100 ming dollargacha minishi mumkin va bu so‘nggi nuqta emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring