Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YHXB bayram munosabati bilan aholini ogohlantirdi

YHXB bayram munosabati bilan aholini ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

YHXB bayram munosabati bilan aholiga ogohlantirish bilan chiqdi. 

Joriy yilning 31-avgust hamda 1-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli poytaxtimizning Mahtumquli-Ohangaron shoh ko‘chasidan, Yangi O‘zbekiston - 4P12 yo‘li kesishgan chorrahasigacha soat 19.00 dan 22.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz faqatgina bayram tabdirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishlari mumkin.

Toshkent viloyati tomondan;
Yuqori Chirchiq tumani,
Quyi Chirchiq tumani,
O‘rta Chirchiq tumani hamda Parkent tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar 4R12 yo‘li bo‘ylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi.

Bustonliq tumani, G‘azalkent tumani, Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar Chirchiq shahri orqali Yuzrobod ko‘chasi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasi orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring