Yigirma yashar qizni fohishalikka yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

23-mart kuni Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda 1993-yilda tug‘ilgan, Guliston shahrida yashovchi I. ismli fuqaro o‘zining tanishi bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan, K. ismli fuqaroni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanishga yuborayotganligi aniqlanib, Sirdaryo viloyati hududidan Toshkent halqaro aeroportiga olib ketayotgan vaqtida «Sirdaryo» YPX maskanida ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter