Yigirma yillik urushning oxiri

Xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonda toliblarning AQSh bilan kelishuvida ko‘zda tutilgan, may oyi so‘ngigacha qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NATOning to‘rtta yuqori martabali amaldori Reuter agentligiga aytib o‘tgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu Tolibon bilan aloqalarning keskinlashishiga olib kelishi va qo‘shinlarning to‘liq chiqib ketishini talab qilishi mumkin. Shimoliy Atlantika alyansi rahbariyati va Afg‘oniston prezidenti ma’muriyati agentlik so‘rovlariga izoh bildirmagan. Biroq NATO vakili Oana Lungeskuning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar umumiy vaziyatni baholashda davom etadilar va keyingi harakatlar to‘g‘risida maslahatlashadilar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda amerikaliklar bilan birga 10 mingga yaqin harbiy bor.
May oyining oxirigacha bu ko‘rsatkich saqlanib qolishi kutilmoqda, ammo keyingi harakatlar rejasi hozircha aniq emas, deydi NATO manbasi.
Uning ta’kidlashicha, toliblar kelishuv shartlarini bajarmagani sababli xorijiy qo‘shinlar aprel oyining oxirigacha Afg‘onistondan olib chiqilmaydi. Bundan tashqari, Amerikaning yangi ma’muriyati kelishi bilan Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistondagi siyosatiga, avvalambor, «qo‘shinlarni tez va zudlik bilan olib chiqib ketish»ga nisbatan ba’zi o‘zgarishlar kiritiladi.
Prezident Donald Tramp ma’muriyati 2020-yil boshida Tolibon bilan shartnoma imzolab, 2021-yil maygacha isyonchilarning xavfsizlik kafolatlariga rioya qilishi evaziga barcha xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishga chaqirgan. Tramp o‘z navbatida Afg‘oniston hukumati tomonidan imzolanmagan shartnomani mamnuniyat bilan qabul qildi va uni «yigirma yillik urushning oxiri» deb atadi. Shu yilning yanvariga kelib u Afg‘onistondagi Amerika harbiy kontingentini 2500 kishiga qisqartirdi, bu 2001-yildan beri eng past ko‘rsatkich.
NATO manbalarining aytishicha, aprel oyidan keyin sodir bo‘ladigan rejalar hozir ko‘rib chiqilmoqda va, ehtimol, Ittifoqning fevral oyida bo‘lib o‘tadigan asosiy yig‘ilishida kun tartibiga kiritilishi mumkin. Diplomatlar va ekspertlarning fikriga ko‘ra, Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining pozitsiyalari Amerika kontingenti ushbu Osiyo davlatidan chiqib ketganidan keyin tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter