Yil boshidan beri 6 mingga yaqin mansabdor mehnat qonunchiligini buzgan
2022-yilning 1-yarmida mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 mlrd so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, vazirlikka 1-yarim yillikda mehnat munosabatlariga oid jami 11 ming 600 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 6 551 tasi qanoatlantirilgan, 4 546 tasiga tushuntirish berilgan.
Yarim yilda 14 066 ta tashkilot va korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazilgan va mehnat sohasiga oid 41 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Natijada 5 935 nafar mansabdor shaxsga 12 mlrd 57 mlndan ortiq ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Sud organlariga mingdan ortiq da’vo ariza kiritilib, 5 mlrd. dan ortiq oylik ish haqi va boshqa to‘lovlar undirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter