Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon 40 nafardan ortiq fuqaro ovqatdan zaharlangan – Sanepidqo‘mita

Yil boshidan buyon 40 nafardan ortiq fuqaro ovqatdan zaharlangan – Sanepidqo‘mita

2025-yilning o‘tgan 5 oyi davomida 14 ta holatda ovqatdan zaharlanishlar ro‘yxatga olinib, unda 42 nafar fuqaro jabrlangan.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining 10 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida «botulizm» kasalligi qayd etilgan. Ulardan 8 nafarini bolalar tashkil etadi.

3 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. Kimyoviy zaharlanish 1 ta holatda qayd etilgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 600 millionga yaqin kishi zaharli yoki sifatsiz ovqat iste’moli oqibatida kasallanadi.

O‘zbekistonda esa 2024 yilda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan jami 20 184 ta umumiy ovqatlanish korxonalarining 1 512 tasi (7,49 foiz)da olib borilgan tekshiruvlar natijasida ularning 664 tasi (3,29 foiz)da sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilganligi aniqlangan.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring