Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik aviakompaniya hakerlar hujumiga uchradi

Yirik aviakompaniya hakerlar hujumiga uchradi

Foto: BBC

Hakerlar Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasining olti million mijozi maxfiy ma’lumotlari saqlanadigan tizimni buzib kirdi.

«2025-yilning 30-iyunida Qantas aviakompaniyasi koll-markazi foydalanadigan chet platformada shubhali faollikni aniqladik. Shundan so‘ng darhol himoya choralarini ko‘rdik»,deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Qantas ma’lumotiga ko‘ra, tizimda nomlar, uy manzillari, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari, tug‘ilgan kunlar va loyallik (sodiqlik) dasturi bo‘yicha raqamlar ma’lumotlari saqlangan. Shuning barobarida, to‘lovlar ma’lumotlari va hujjatlar haqidagi axborotlar daxlsiz qolgan.

Kompaniya ishontirishicha, hodisa Qantas faoliyatiga va parvozlar xavfsizligiga ta’sir qilmagan.

«Mijozlarimizdan chin qalbdan kechirim so‘raymiz», — dedi aviakompaniya rahbari Vanessa Hadson.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring