Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l kimniki? Qashqadaryoda ayollar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Yo‘l kimniki? Qashqadaryoda ayollar o‘rtasida janjal kelib chiqdi

2022 yilning 20 yanvar kuni Yakkabog‘ tumani «Jambul» MFYda joylashgan Qarshi shahriga qatnovchi avtomashinalar avtoturargohi yaqinida xotin-qizlar o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan

Surishtiruvlar davomida «Yakkabog‘ shahri-Yakkabog‘ tumani» va «Yakkabog‘ tumani- Qoramurcha qishlog‘i» yo‘nalishi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi tomonidan tenderga qo‘yilgani aniqlandi. Tenderda fuqaro N.S.ga tegishli MChJ g‘olib bo‘lgan.

Natijada ushbu yo‘nalishni muqaddam nazorat qilib kelgan E.N.ga tegishli MChJ va tenderning yangi g‘olibi N.S.ga tegishli MChJ xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqib, janjal ko‘tarilgan.

Holat yuzasidan hozirgi kunda Yakkabog‘ tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring